16 iyu 11:40
Yangiliklar
Tennis

Istomin kelayotgan hafta qaysi turnirda ishtirok etadi?
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istominning kelayotgan hafta qaysi turnirda ishtirok etishi malum bo'ldi.
Mavsumni omadsiz o'tkazayotgan hamyurtimiz Xorvatiyaning Umag shahri mezbonlik qiladigan turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Musobaqaning sovrin jamg'armasi 540 310 evroni tashkil qiladi.
Qura natijasiga ko'ra, Istomin Umag turnirining ilk davrasida slovakiyalik Andrey Martinga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv g'olibi ikkinchi bosqichda xorvatiyalik Borna CHorich yoki argentinalik Karlos Berlok bilan to'qnash keladi.
Umag turniri g'olibi 85,945 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Birinchi davrada ishtirok etgan tennischilarning bari 4875 evroga ega bo'lishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar