24 iyu 17:40
Yangiliklar
Tennis

Istomin keyingi hafta qaysi turnirda ishtirok etadi?
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istominning keyingi hafta qaysi turnirda ishtirok etishi malum bo'ldi.
Kelayotgan haftada vakilimiz Turkiyaning Antalya shahrida bo'lib o'tadigan turnirda ishtirok etadi. U ilk bosqichda belgiyalik Stiv Darsiga qarshi bahs olib boradi.
Darsi ayni paytda dunyo reytingida 58-o'rinni egallab turibdi. Istomin esa 69-pog'onadan joy olgan.
Malumot uchun, sportchilar bungacha uch marotaba to'qnash kelganlar. Ularning uchchalasida ham Darsining qo'li baland kelgan.
Ushbu bahs 26 iyun kuni soat 16:00dan so'ng boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar