23 may 08:14
Yangiliklar
Tennis

Istomin Lionda turnirning birinchi, dunyoning 6-raketkasiga qarshi o'ynaydi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Franciyaning Lion shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagan edi.
Hamyurtimiz birinchi davrada avstraliyalik Tanasi Kokkinakisni 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etgandi. Endi u ertaga ikkinchi davra uchrashuvida dunyoning 6-raketkasi kanadalik Milosh Raonichga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 81-o'rinni egallab turibdi. Raonich - Istomin bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan. Bu ikki tennischi o'zaro 3 bor to'qnash kelishgan, uchrashuvlarning barchasida Milosh g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar