20 may 10:40
Yangiliklar
Tennis
Istomin Liondagi turnirda, uning 1-davradagi raqibi malum
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin 22 may kuni asosiy to'r bahslari start oluvchi Liondagi turnirda ishtirok etadi.
Hamyurtimiz Franciyadagi turnirning asosiy to'rida to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqini qo'lga kiritgan. Uning birinchi davradagi raqibi Tanasi Kokkinakis bo'ladi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 82-o'rinni egallab turibdi. Avstraliyalik 21 yoshli tennischi esa bir necha oy mobaynida jarohati sabab turnirlarda qatnasha olmadi.
SHu sababli ham, uning hozircha reytingdagi o'rni yo'q. Liondagi turnir tashkilotchilari Yashil qita vakiliga imtiyozli yo'llanma taqdim etishdi. Istomin ‑ Kokkinakis uchrashuvi 22 may kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar