14 fev 10:03
Yangiliklar
Tennis

Istomin Madison Square Garden arenasiga bordi. Nega? FOTO
Xabaringiz bor, shu kunlarda O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Nyu-Yorkdagi ATP turnirida ishtirok etmoqda.
Hamyurtimiz fursatdan unumli foydalangan holda NBA (Milliy Basketbol Ligasi) doirasidagi “Nyu-York Niks” hamda “Filadelfiya Siksers” uchrashuvini tomosha qilish uchun “Medison Skver Garden” arenasiga tashrif buyurdi. Mazkur bahsda “Filadelfiya” 126:111 hisobida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, Istomin kecha Nyu-Yorkdagi musobaqaning ilk davrasida amerikalik Makkenzi Makdonaldsni mag'lub etgandi. Bugun u chorak final yo'llanmasi uchun yana bir mezbon raketka ustasi Reylli Opelkaga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar