05 may 19:41
Yangiliklar

Istomin Madrid turniri saralashida kortga chiqdi va...
Ushbu “Masters” turkumiga kiruvchi turnirning mukofot jamg'armasi 6,200,860 evroni tashkil qiladi. Uning asosiy to'r bahslarida dunyoning birinchi raketkasi Rafael Nadal, shuningdek etakchi tennischilar Grigor Dimitrov, Xuan Martin Del Potro, Novak Jokovichlar ham o'z mahoratini namoyish etadi.
Hozirgina Denis Istomin saralashning ilk davrasida ispaniyalik Xaume Munyarga qarshi kortga chiqdi. Hamyurtimiz raqibiga bor yo'g'i bir set qarshilik ko'rsata oldi. Bir soatu 31 daqiqa davom etgan bahsda Munyar 7:6(5), 6:0 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, Denis dunyo reytingida 89, Munyar esa 161-o'rinni egallab turibdi. Istomin va Munyar shu kungacha o'zaro hali kortga to'qnash kelishmagan edi.
Fikrlar