06 may 20:06
Yangiliklar
Tennis

Istomin Madriddagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Kelayotgan haftada tennischimiz Denis Istomin Madridda sovrin jamg'armasi 6 408 230 dollarni tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etadi.
Vakilimiz turnirga saralash bahslaridan qo'shilgan. U saralashning ilk bosqichida mezbonlar vakili Inigo Servantesga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 34 daqiqa davom etgan bahsda Istomin 7:6, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va saralashning ikkinchi bosqichiga yo'l oldi.
Endi u asosiy bosqichga chiqish uchun ertaga 13:00da amerikalik Jeyrd Donaldsonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar