07 mar 11:52
Yangiliklar
Tennis

Istomin "Masters" asosiy davrasini kimga qarshi boshlashi malum bo'ldi
Tennischimiz Denis Istomin Indian-Uellsdagi musobaqaning saralash bosqichida g'alaba qozonib, asosiy davraga yo'l olgandi.
U saralash bosqichida Evan Song, Egor Gerasimov kabi tennischilardan ustun keldi. Denis turnir asosiy bosqichidagi ilk o'yinini kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi. Unga ko'ra hamyurtimiz birinchi davrada gollandiyalik Robin Xaasga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, Istomin ayni paytda jahon reytingida 101, Xaas esa 68-o'rinni egallab turibdi. Uchrashuv 9 mart kuni tongda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar