14 apr 09:53
Yangiliklar
Tennis

Istomin Monte-Karlodagi turnirda ishtirok etmaydi
Birinchi raqamli tennischimiz Denis Istomin jarohati sabab Monte-Karloda bo'lib o'tadigan "Masters" turnirini o'tkazib yuboradi.
Denis belidagi jarohatidan to'liq qutilib keta olmayapti. Aynan shu sabab, u "Devis Kubogi" doirasida Hindiston terma jamoasiga qarshi o'yinlarda ham ishtirok eta olmagandi.
Eslatib o'tamiz, Istomin so'nggi uchrashuvini 24 mart kuni "Mayami Masters"da Andrey Kuznecovga qarshi o'tkazgan va yakunda imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar