27 sen 08:45
Yangiliklar
Tennis

Istomin Orleansdagi turnirning ilk davrasidayoq mag'lub bo'ldi
Franciyaning Orleans shahrida “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 106,500 evroni tashkil qiluvchi turnirni hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etdi. Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Germaniyalik Daniel Brandsga qarshi kortga chiqqan tennischimiz raqibiga 2:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u bor etiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar