23 dek 10:16
Yangiliklar
Tennis

Istomin qatnashadigan turnirda Nisikori ishtirok etmaydigan bo'ldi
Yaponiyalik tennischi Kei Nisikori mavsumning dastlabki turnirida qatnashmaslikka qaror qildi.
Bu musobaqa 31 dekabrdan 7 yanvargacha Avstraliyaning Brisben shahrida bo'lib o'tadi. Kei o'z qarorini jarohatidan hali to'liq forig' bo'lmagani bilan izohladi. Brisben turnirida mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ishtirok etadi.
Malumot uchun, Nisikori 2017-yilgi tennis mavsumining
so'nggi uch oyini jarohati sabab o'tkazib yuborgandi. Katta ehtimol bilan Kei Sidney
yoki Australian Open turnirigacha tayyor bo'ladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar