07 may 08:50
Yangiliklar
Tennis

Istomin qatnashgan turnirda Taro chempion bo'ldi
Turkiyaning Istanbul shahrida tennis bo'yicha ATP toifasidagi turnir yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida yaponiyalik Daniel Taro hamda tunislik Malek Jaziri o'zaro to'qnash kelishdi. Ikki soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda dunyo reytingida 114-o'rinni egallab turgan Kunchiqar yurt vakili 7:6(4), 6:4 hisobida zafar quchdi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok 25 yoshli Taroga 76,020 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Istanbul Open turnirida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etgan va ilk davradayoq mag'lubiyatga uchragan edi.
Havola :
Fikrlar