11 iyu 10:15
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/14138_220.jpg)
Istomin Ricoh Open turnirida, uning ilk bosqichdagi raqibi malum
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ertadan asosiy to'r bahslari boshlanuvchi Ricoh Open turnirida ishtirok etadi.
Gollandiyaning Xertegenbosh shahrida o'tkaziluvchi ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 660 ming 375 evroni tashkil qiladi. Qura natijasiga ko'ra hamyurtimiz asosiy to'rning birinchi bosqichida britaniyalik Alyaj Bedenega qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Bedene turnirning 8-raqamli tennischisi sifatida etirof etilgan. Ilk davrada ishtirok etgan tennischilarning barchasi natijadan qatiy nazar 5 960 evroga ega bo'ladi. Turnir g'olibi esa 105,045 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar