14 may 08:44
Yangiliklar
Istomin Rim “Masters”i saralashini g'alaba bilan boshladi
So'nggi musobaqalarni omadsiz o'tkazayotgan hamyurtimiz Denis Istomin Rimdagi turnirni saralash bahslaridan boshladi. U ilk davrada saralash musobaqasiga imtiyozli ravishda qo'yilgan Andrea Pellegrinoga qarshi kortga chiqdi.
Taqqoslash uchun, Andrea dunyo reytingida 517, Denis esa 85-o'rinni egallab turibdi. Bir soatu 45 daqiqa davom etgan uchrashuvda Istomin raqibini qiyinchilik bilan 6:4, 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi asosiy to'rga yo'llanma beruvchi hal qiluvchi uchrashuvda Yan-Lennard SHtruffga qarshi kortga chiqadi. Germaniyalik bu tennischi ATP reytingida 44-pog'onadan joy olgan bo'lib, saralashning birinchi raketkasi sifatida harakat qilyapti.
Fikrlar