19 may 14:11
Yangiliklar
Tennis

Istomin Samarqanddagi "CHellenjer"da vice-chempion
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Samarqanddagi "CHellenjer" musobaqasining juftliklar bahsi finalida o'yin o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Hal qiluvchi uchrashuvda Denis va Mixailga hindistonlik tandem - SHrirambalam Narayanasvami/Vishnu Vardxan juftligi raqib bo'lishi kerak edi. Ammo Denis Istomin va uning rossiyalik sherigi Mixail Elginlar kortga chiqmadilar. SHu sababli, hindistonlik tennischilar juftlik bahslari g'olibiga aylanishdi.
Denis va uning sherigi Samarqanddagi "CHellenjer" juftlik bahslarida vice-chempion bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar