16 okt 09:15
Yangiliklar
Tennis

Istomin SHveciyadagi ishtirokini ertaga boshlaydi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bugundan asosiy to'r bahslari boshlanuvchi Stokgolmdagi ATP turnirida ishtirok etadi.
SHveciya poytaxti mezbonlik qilayotgan turnirning sovrin jamg'armasi 660 ming 375 evroni tashkil qiladi. Hamyurtimiz qura natijasiga ko'ra ilk davrada yaponiyalik Yuiti Sugitaga qarshi kortga chiqadi. Bu uchrashuv ertaga o'tkaziladi.
Yodingizda bo'lsa, bu
ikki raketka ustasi ikki hafta avval Xitoyning CHendu shahrida o'tkazilgan
turnirda o'zaro to'qnash kelishgandi. O'shanda Istomin yarim final bahsida kuchli
raqibini mag'lubiyatga uchratgan va yakunda turnir g'olibiga aylangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar