25 iyu 18:45
Yangiliklar
Tennis
Istomin SHveycariyadagi musobaqada 26-raketkaga qarshi o'ynadi
SHveycariyaning Gshtaad shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ATP 250 turkumidagi musobaqa davom etmoqda.
O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin turnirning ikkinchi davrasida serbiyalik Dushan Layovichga qarshi o'yin o'tkazdi.
2 soat 26 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Denis raqibiga 4:6, 7:6 (2), 6:7 (2) hisoblarida yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Qayd etish lozimki, Denis ikkinchi setda 2:5 hisobidagi matchboldan chiqib ketib, setni o'z foydasiga hal qildi. Ammo yakunda baribir omad serbiyalik tennischiga kulib boqdi.
Taqqoslash uchun, Istomin ayni paytda jahon reytingida 107, Layovich esa 26-o'rinni egallab turibdi. Layovich musobaqada uchinchi raketka sifatida saralangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar