04 fev 09:56
Yangiliklar
Tennis

Istomin Sofia Open turnirida, ilk raqibi bolgariyalik
Ertaga Bolgariyaning Sofiya shahrida tennis bo'yicha Sofia Open turnirining asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 501 345 evroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etadi. Avstraliya Ochiq chempionatidan so'ng tanaffus olgan hamyurtimiz Sofiya turnirining asosiy to'ridan ishtirok etadi.
Kecha aynan asosiy to'r bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, Istomin birinchi davra uchrashuvida bolgariyalik Adrian Andreevga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Agar Denis bu bahsda g'alaba qozonsa, ikkinchi davrada
katta ehtimol bilan serbiyalik Viktor Troicki bilan to'qnash keladi. Troicki
turnirning oltinchi raketkasi sifatida qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar