17 okt 17:08
Yangiliklar
Tennis

Istomin Stokgolmdagi turnirda ilk davra o'yinini o'tkazdi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Stokgolmdagi turnirning ilk davra o'yinini o'tkazdi.
Denis turnirdagi ilk davrada yaponiyalik Yuichi Sugitaga qarshi o'yin o'tkazdi.
1 soat 56 daqiqa davom etgan o'yinda sportchimiz 6:1, 3:6, 6:7 hisoblarida yutqazib qo'ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Ushbu mag'lubiyat sabab Denis reyting ochkolari ishlab ololmadi va katta ehtimol bilan dushanba kuni elon qilinadigan reytingda pastga tushib ketadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar