05 jan 15:10
Yangiliklar
Tennis

Istomin Tailandda 20 yoshli tennischiga yutqazib qo'ydi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo'yicha yilning dastlabki “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etyapti.
Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi yakkalikdagi ishtirokini ikkinchi davrada yakunlashga majbur bo'ldi.
Bugun turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz ikkinchi bosqich uchrashuvida Kristian Garinga 6:3, 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. CHililik 20 yoshli tennischi dunyo reytingida 211-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar