04 jan 09:30
Yangiliklar
Tennis

Istomin Tailanddagi turnirning yakkaligida zafar quchdi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo'yicha yilning dastlabki “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi yakkalikdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz ilk davrada mezbon tennischi Konsap Kongarga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Istomin raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 6:0, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Afsuski, Denis juftliklar musobaqasining ilk davrasida rossiyalik Mixail Elgin bilan birga Gregor Barrere va Jonatan Eyserikka 6:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar