So’nggi yangiliklar

16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0

04 okt 15:22
Yangiliklar

Tennis

Istomin “Toshkent CHellenjer”ida qatnashish uchun etib keldi

Teglar :  IstominTennis
Poytaxtimizda yana bir nufuzli tennis turniri start olish arafasida.

Aniqrog'i, 7 oktyabr kunidan etiboran “Toshkent CHellenjer” musobaqasining saralash bahslari boshlanadi. 6 oktyabr kuni esa aynan saralash hamda asosiy to'r bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Turnirning  sovrin jamg'armasi 125 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Mazkur musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ham ishtirok etadi va kecha u Toshkentga etib keldi. Ayni daqiqalarda u markaziy kortda Petr Lebed boshchiligida mashg'ulotlarni o'tkakazyapti.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi finalda Istomin finalga qadar etib borib, turnir vice-chempioniga aylangandi. U bosh mukofot uchun bahsda rossiyalik Konstantin Kravchukka 5:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Denis 2011 va 2015 yillarda bosh mukofot sohibiga aylangan edi.

Istomin “Toshkent CHellenjeri”ga yuqori kayfiyatda tashrif buyurdi. U o'tgan hafta Xitoyning CHendu shahrida o'tkazilgan nufuzli turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgan va buning natijasida dunyo reytingida 25 pog'onaga ko'tarilgan hamda 53-o'ringa joylashgandi.

Malumot uchun, Denis Istomin Toshkent “CHellenjer” turnirining birinchi raketkasi bo'ladi. Hamyurtlarimizdan Farrux Do'stov ham asosiy to'r bahslarida ishtirok etadi.

Yaqin kunlarda Denis Istomin www.olamsport.com sayti mehmoni bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing