11 okt 16:35
Yangiliklar
Tennis

Istomin "Toshkent CHellenjer"ni g'alaba bilan boshladi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasi davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 125 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda dunyoning 20dan ziyod davlatidan ko'zga ko'ringan tennischilar ishtirok etyapti.
Ushbu turnirning amaldagi va shu bilan birga ikki karra g'olibi Denis Istomin yakkalikdagi ishtirokini boshladi. Uning raqibi asli o'zbekistonlik ayni paytda Franciya sharafini himoya qilayotgan Gleb Saxarov bo'ldi.
Istomin ikki setda bir xil 6:3, 6:3 hisobida g'alaba qozonib keyingi bosqichga yo'l oldi.
Hamyurtimizning ikkinchi davradagi raqibi Ukraina sharafini himoya qilayotgan tennischi Denis Molchanov bo'ladi. ATP reytingida 101-o'rinni egallab turgan tennischi bugun Aleksandr Vasilenkoni ikki setda taslim qildi - 7:6, 7:6.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar