12 okt 12:54
Yangiliklar

Istomin Toshkentdagi turnirda chorak finalga chiqdi
Sovrin jamg'armasi 125 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda dunyoning 20dan ziyod davlatidan ko'zga ko'ringan tennischilar ishtirok etyapti.
Hozirgina musobaqaning amaldagi va shu bilan birga ikki karra g'olibi Denis Istomin yakkalik bahslarida chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz ikkinchi davra uchrashuvida ukrainalik Denis Molchanovga qarshi kortga chiqib, raqibini 4:6, 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 125, Molchanov esa 101-o'rinni egallab turibdi. Endi Denis Istomin ertaga chorak final uchrashuvida mashhur tennischi Ivan Dodigga qarshi kortga chiqadi. Xorvatiyalik bu tennischi Ey-Ti-pi reytingida 92-pog'onadan joy olgan.
Ikkinchi chorak final juftligida turnirning o'tgan yilgi finalchisi slovakiyalik Lukash Lacko hamda franciyalik Jeremi SHardilar to'qnash kelishadi.
Fikrlar