27 iyu 23:18
Yangiliklar
Tennis

Istomin Uimbildonni g'alaba bilan boshladi
Bugun Londonda “Ulkan Toj” turkumiga kiruvchi “Uimbildon” turnirining asosiy to'r bahslari boshlandi.
Hamyurtimiz turnirning dastlabki bosqichida dunyoning 20-raqamli tennischisi Kevin Andersonga qarshi kortga chiqdi.
Qiziqarli kechgan o'yinda Denis Istomin janubiy afrikalik raqibini 3:2 hisobida mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Denis setlar bo'yicha 0:2 hisobida imkoniyatni boy bera turib, g'alabani o'z tomoniga og'dira olganini alohida takidlab o'tish lozim.
Uimbildon
Istomin - Anderson 4:6, 6:7, 6:4, 7:6, 6:3
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar