03 iyu 20:39
Yangiliklar
Tennis

Istomin "Uimbldon"da kortga chiqdi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin "Uimbldon"ning ilk davrasida AQSH vakili Donald Yangga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 17 daqiqa davom etgan o'yinning ilk setida hamyurtimiz 7:5 hisobida g'alaba qozondi.
Keyingi setlarda esa vakilimiz 4:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. To'rtinchi setda esa sportchimiz jarohati sabab o'yinni oxirigacha etkaza olmasligini malum qildi. Bu vaqtda Denis 2:4 hisobida ortda qolayotgandi.
SHu tariqa, sportchimiz uchun "Uimbldon" o'z yakuniga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar