20 iyu 08:25
Yangiliklar
Tennis

Istomin Umag turniridagi ishtirokini yakunladi
Xorvatiyaning Umag shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 540 310 evroni tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada qatnashayotgan hamyurtimiz Denis Istomin yakkalik bahslaridan so'ng juftlikdagi ishtirokini ham yakunladi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi rossiyalik Mixail Elgin bilan juftlik hosil qilgandi.
Ular ikkinchi davrada kuchli raqiblar - Maksim Mirniy (Belarus) va Daniel Nestor (Kanada) juftligiga 4:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Malumot uchun, Istomin va Elgin ilk bosqichda xorvatiyalik tennischilar Antonio Sanchich hamda Dino Marchan juftligini 7:5, 4:6, tay-brekda 10:6 hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar