27 avg 07:30
Yangiliklar
Tennis

Istomin US Open turnirining ilk davrasida Nadal bilan to'qnash keladi
Yilning to'rtta nufuzli tennisi turniridan biri bo'lgan US Open, yani AQSH Ochiq chempionatining asosiy to'r bahslariga qura tashlandi.
Etiborlisi, qura mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin uchun omadsiz keldi. Hamyurtimiz birinchi davrada ispaniyalik Rafael Nadalga qarshi kortga chiqadi. Nadal turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan.
Ushbu juftlik g'olibi ikkinchi davrada italiyalik Andreas Seppi hamda franciyalik Stefan Robert uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi. Musobaqaning amaldagi g'olibi, dunyoning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich chempionlik himoyasini polshalik Eji Yanovichga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar