15 okt 08:05
Yangiliklar
Tennis

Istomin va Elgin “Toshkent CHellenjeri” g'oliblari!
Bugun poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasi o'z yakuniga etadi.
Kecha sovrin jamg'armasi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirning juftliklar musobaqasida g'oliblar nomi malum bo'ldi. Rossiyalik Mixail Elgin bilan juftlik xosil qilgan Denis Istomin turnir chempioniga aylandi.
Ular hal qiluvchi final uchrashuvida germaniyalik Andre Begamann hamda hindistonlik mashhur raketka ustasi Leander Paes juftligiga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi - 6:4, 6:2.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar