So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

17 jan 16:51
Yangiliklar

Tennis

Istomin vs Jokovich. Oldinda oltinchi to'qnashuv

"Australian Open" musobaqasining ilk bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan hamyurtimiz endi jahonning ikkinchi raqamli raketkasiga qarshi bahs olib boradi.

Denis Istomin bugun xorvatiyalik Ivan Dodigni 4 setda (6:1, 6:4, 3:6, 7:5) mag'lub etishga erishdi. Endi hamyurtimiz serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.

Novak Jokovich "Australian Open" musobaqasida olti marta (2008, 2011, 2012, 2013, 2015 va 2016 yillar) chempion bo'lgan. Yani Istomin ertaga musobaqaning amaldagi chempioniga qarshi o'yin o'tkazadi.

Serbiyalik tennischi "Katta dublg'a" turkumiga kiruvchi barcha musobaqalarda g'olib chiqa olgan. Jokovich uch marta "Uimbldon", ikki bor "US Open" va bir marta "Rolan Garros"da zafar quchgan.



Faoliyati davomida Novak yakkalik bahslarida jami 67ta musobaqada chempionlikni nishonlagan. 29 marta finallarda mag'lub bo'lgan.

Istomin hamda Jokovich bugunga qadar 5 marta to'qnash kelishgan. Ularning barchasida serbiyalik tennischi g'olib chiqqan. Denis Istomin bu raqibga qarshi bahslarda faqat bitta setda g'alabaga erishganini ko'rish mumkin.

Jokovich - Istomin to'qnashuvlari:
2010 yil - "Australian Open" (6:1, 6:1, 6:2)
2011 yil - "Mayyami Masters" (6:0, 6:1)
2013 yil - "Kanada Masters" (2:6, 6:4, 6:4)
2014 yil - "Australian Open" (6:3, 6:3, 7:5)
2014 yil - "Dubai" (6:3, 6:3)

Malumot uchun, Istomin ayni paytda ATP reytingida 117-pog'onada bormoqda. Uning ertangi raqibi esa 2-o'rinda qayd etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

   
17 jan 19:34:15
Husniddin Mirzaliyev
Birinchidan Djokovich bilan o'yin ertadan keyin. Ikkinchidan Istomin 117 o'rinda...(katta dubulg'a musobaqalari 5 setlik bo'lganligi uchun o'yinlar orasida bir kun dam beriladi!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing