15 okt 15:45
Yangiliklar
Tennis
Istomin Xitoydagi "CHellenjer"da kortga chiqdi
Xitoyning Ninbo shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turniri davom etmoqda.
Musobaqada O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ikkinchi davrada to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishi lozim edi. Bugun hamyurtimiz ilk o'yinini tayvanlik Cun-Xua Yanga qarshi o'tkazdi.
1 soat 35 daqiqa davom etgan o'yinda Istomin afsuski 6:3, 3:6, 2:6 hisoblarida mag'lub bo'ldi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Taqqoslash uchun, Denis jahon reytingida 206, Yan esa 308-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar