10 okt 15:18
Yangiliklar
Tennis
Istomin yarim finalga chiqish uchun kanadalik tennischiga qarshi o'ynaydi
Toshkent shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida "CHellenjer" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Bugun O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ikkinchi bosqichda qozog'istonlik Aleksandr Bublikni mag'lubiyatga uchratib chorak finalga yo'l oldi.
Endi esa uning chorak finalda kimga qarshi kortga chiqishi malum bo'ldi. Hamyurtimiz yarim final chiptasi uchun kanadalik Oge Feliksga qarshi o'yin o'tkazadi. Feliks 1/8 finalda 2 soat 18 daqiqa ichida rossiyalik Aleksey Vatutinni 6:2, 2:6, 7:6 hisoblarida mag'lub etdi.
Malumot uchun, Denis jahon reytingida 87, Oge esa 128-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar