13 mar 06:14
Yangiliklar
Tennis

Istomin yomg'ir sabab to'xtatilgan bahsni yakuniga etkaza olmadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin AQSHning Arizona shtati Finiks shahrida o'tkazilayotgan turnirda kortga chiqdi.
Hamyurtimiz “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning birinchi davra uchrashuvini yakuniga etkaza olmadi. U slovakiyalik Yozef Kovalikka qarshi kechgan bahsning ikkinchi set uchinchi geymidan so'ng kurashni davom ettira olmasligini malum qildi.
Bunga Denisning avvalgi jarohati sabab bo'ldi. O'zi aslida uchrashuv kecha o'tkazilishi kerak edi. Lekin yomg'ir sabab ushbu bahs kechiktirilgandi. Birinchi set 6:3 hisobida Kovalik foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda ham slovak tennischisi 2:1 hisobida oldinda borayotgan edi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin ayni paytda jahon reytingida 101, Yozef Kovalik esa 116-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro to'qnash kelishmagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar