20 jan 10:30
Yangiliklar
Tennis

Istominga yutqazgan Jokovich Nyu-Yorkdan 2ta kvartira sotib oldi
Avstraliya Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida hamyurtimiz Denis Istominga shov-shuvli tarzda imkoniyatni boy bergan dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovich AQSHdan 2ta kvartira xarid qildi.
Serbiyalik tennischi sotib olgan uylar Nyu-Yorkning Soxo tumanidagi quyi Manxetten kvartalida joylashgan. Har bir kvartiraning umumiy maydoni 200 m kvadratni tashkil etadi.
Ikkala kvartira ham 565 Broome SoHo uy-joy binosining 30-qavatida joylashgan. Bu bino arxitektor Renco Pyano chizmasi asosida qurilyapti. Jokovich aynan Pyanoning muxlisi hisoblanadi.
Kvartiralarning bahosi oshkor qilinmayapti. Lekin binoning yuqori qavatlaridagi kvartiralarning bahosi 5,4 million dollardan boshlanadi. Bino qurilishi 2018 yilning oxirida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar