09 fev 07:44
Yangiliklar
Tennis

Istominni mag'lub etgan Berrettini yarim finalga chiqdi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Hamyurtimiz Denis Istominni birinchi davrada musobaqadan chiqarib yuborgan Matteo Berrettinining g'olibona yurishi davom etmoqda. Bu safar italiyalik tennischi dunyoning 26-raketkasi taslim etdi.
Ispaniyalik Fernando Verdaskoga qarshi kortga chiqqan Matteo 4/6, 7/5, 6/4 hisobida g'alaba qozondi. Reytingning 53-pog'onasidan joy olgan 22 yoshli Berrettini endi yarim finalda vengriyalik Marton Fuchovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar