15 jan 12:19
Yangiliklar
Tennis
Istominni mag'lub etgan Federerning ikkinchi raqibi malum
Xabar berganimizdek, Melburn shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
SHveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer Australian Open musobaqasining amaldagi g'olibi hisoblanadi. U 1 soatu 57 daqiqa davom etgan ilk davra bahsida mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istominni 6/3, 6/4, 6/4 hisobida mag'lub etgandi.
Rojer kechagi o'yinda 14ta eys zarbasini amalga oshirdi. 37 yoshli dunyoning uchinchi raketkasi endi ikkinchi bosqich uchrashuvida Deniel Evansga qarshi kortga chiqadi. Britaniyalik raketka ustasi birinchi davorada yaponiyalik Tacumo Itodan 7/5, 6/1, 7/6(8) hisobida ustun keldi.
Havola :
Fikrlar