05 may 07:59
Yangiliklar
Tennis

Istominni mag'lub etgan tennischi yarim finalga chiqdi
Turkiyaning Istanbul shahrida tennis bo'yicha ATP toifasidagi turnir davom etmoqda.
Hamyurtimiz Denis Istominni birinchi davra uchrashuvida mag'lubiyatga uchratgan Laslo Dere ushbu musobaqaning yarim finaliga chiqdi. Serbiyalik tennischi chorak final uchrashuvida italiyalik Paolo Lorencidan ustun keldi.
Uch soatu 12 daqiqa davom etgan bahsda dunyo reytingida 110-o'rinni egallab turgan Laslo 6:7(5), 7:5, 7:6(3) hisobida zafar quchdi. Endi Dere yarim finalda tunislik Malek Jaziriga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar