04 may 09:21
Yangiliklar
Tennis
Istominni xafa qilgan Berrettinining yurishi davom etadi
Germaniyaning Myunxen shahrida o'tkazilayotgan nufuzli ATP turniri o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Italiyalik tennischi Matteo Berrettini Myunxen turnirining yarim finaliga chiqdi. Dunyoning 37-raketkasi bo'lib turgan 23 yoshli Matteo chorak final uchrashuvida germaniyalik 35 yashar Filipp Kolshrayberdan ustun keldi - 4/6, 7/5, 6/4.
Malumot uchun, italiyalik tennischi ushbu musobaqaning ilk davrasida saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan hamyurtimiz Denis Istominni 7:6(5), 6:3 hisobida mag'lub etgan edi. Endi Berrettini BMW Open turnirining yarim finalida ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar