18 fev 10:13
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/54571_220.jpg)
Istominni yutgan Opelka finaldagi 43ta eys zarbasi evaziga ilk sovriniga ega chiqdi
AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri yakunlandi.
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik Reyli Opelka kanadalik Brayden SHnurni 6-1, 6-7(7), 7-6(7) hisobida mag'lub etib, bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Reyli finalda oz emas, ko'p emas 43ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu Opelkaning faoliyatidagi ilk ATP sovrini bo'ldi.
Aynan Reyli ushbu musobaqaning ikkinchi davrasida hamyurtimiz Denis Istominni mag'lubiyatga uchratgandi. Aniqrog'i, birinchi set Istomin, ikkinchi set Opelka foydasiga hal bo'lgandi. Hal qiluvchi uchinchi setning birinchi geymidan so'ng Denis jarohat sabab bahsni davom ettira olmagandi.
Havola :
Fikrlar