22 sen 08:02
Yangiliklar
Tennis

Istominning bugungi raqibi dunyoning 64-raketkasi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Franciyaning Metc shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirda ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz bugun ushbu musobaqaning chorak final uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibi gruziyalik Nikoloz Basilashvili bo'ladi. Kecha Denis ikkinchi davra uchrashuvida germaniyalik Yannik Madenni 6:3, 6:7(6:8), 7:6(7:0) hisobida mag'lub etgan edi.
Taqqoslash uchun,
Denis Istomin dunyo reytingida 82, Nikoloz Basilashvili 64, Yannik Maden esa 186-o'rinni
egallab turibdi. Istomin va Basilashvili shu kungacha o'zaro to'qnash kelishmagan. Bugungi
bahs Toshkent vaqti bilan taxminan soat 22:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar