14 sen 12:51
Yangiliklar
Tennis

Istominning chorak finaldagi raqibi aniq
Tennischimiz Denis Istomin Istanbuldagi "CHellenjer" turnirida ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
U turnirda ikkita g'alabaga erishishga ham ulgurdi. Istomin chorak finalda kimga qarshi o'ynashi malum bo'ldi. Tennischimizning chorak finaldagi raqibi qozog'istonlik Aleksandr Bublik bo'ldi. Yarim final chiptasi uchun bahs ertaga bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Istomin dunyo reytingida 87, Bublik esa 101-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar bungacha o'zaro to'qnash kelmaganlar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar