26 fev 11:37
Yangiliklar
Tennis

Istominning ertangi raqibi faoliyatidagi ikkinchi titulini qo'lga kiritdi
Franciyaning Marsel shahrida tennis bo'yicha Open 13 turniri yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 718 810 evroni tashkil qilgan ushbu turnirda rossiyalik Karen Xachanov bosh mukofotni qo'lga kiritdi. U hal qiluvchi final uchrashuvida franciyalik Lyuka Puyni 7:5, 3:6, 7:5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Puy dunyo reytingida 16, Xachanov esa 47-o'rinni egallab turibdi. Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Xachanovga 115 150 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu Karenning mavsumdagi ilk, faoliyatidagi ikkinchi sovrini bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, ertaga mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Dubay turnirining ilk davrasida aynan rossiyalik Karen Xachanovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar