04 okt 15:01
Yangiliklar
Istominning final ostonasidagi raqibi dunyoning sobiq 24-raketkasi!
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Denis Istomin birinchi raqam ostida harakat qilyapti. Osiyo o'yinlari g'olibi Almatida ham g'olibona yurishini davom ettirmoqda.
U bugun chorak final uchrashuvida turnirning ettinchi raketkasi sifatida tasniflangan serbiyalik Miomir Kecmanovichni 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etgandi. Bundan bir necha daqiqa avval uning yarim finaldagi raqibi malum bo'ldi.
Istomin final chiptasi uchun Lukash Rosolga qarshi kortga chiqadi. CHexiyalik 33 yoshli tennischi chorak finalda germaniyalik Tobias Kamkeni 6:1, 6:4 hisobida taslim etdi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin dunyo reytingida 103, Lukash Rosol esa 177-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro turnirlarda besh marotaba to'qnash kelishgan. Uchrashuvlarning to'rttasida Lukash, faqat bittasida Denis zafar quchgan.
Fikrlar