17 iyu 09:22
Yangiliklar

Istominning finaldagi raqibi dunyoning 158-raketkasi!
Xabar berganimizdek, kecha mamlakatimizning birinchi raketkasi saralashning ilk bosqich bahsida g'alabaga erishgandi. Istomin saralashning birinchi raqamli tennischisi franciyalik Jil Simondan 2 soatu 38 daqiqa davom etgan uchrashuvda 4:6, 7:6(9:7), 7:6(7:5) hisobida ustun kelgandi.
Bugun Denis saralashning final o'yinida germaniyalik Mattias Baxingerga qarshi kortga chiqadi. Bu olmon tennischisi kecha ilk davrada dunyoning 88-raketkasi kanadalik Vasek Pospishilni 5:7, 7:6(7:3), 7:5 hisobida mag'lub etgan edi.
Istomin va Baxinger shu kungacha o'zaro ikki bor kortda to'qnash kelishgan. Ikkala uchrashuv ham 2011 yili o'tkazilib, tennischilar bittadan g'alabaga erishishgandi. Istomin Baxinger bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:30dan so'ng boshlanadi. G'olib tennischi turnirning asosiy to'riga yo'l oladi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida roppa-rosa 100, Simon 55, Baxinger esa 158-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar