14 fev 15:35
Yangiliklar
Tennis

Istominning ikkinchi davradagi raqibi ertaga malum bo'ladi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Gollandiyaning Rotterdam shahridagi nufuzli turnirning asosiy to'ridagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagan edi.
Etiborlisi, hamyurtimiz saralash bosqichida britaniyalik Alyaj Bedenega imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Kutilmaganda tennischimizga musobaqaning asosiy bosqichi uchun imtiyozli yo'llanma (LL) berildi va u turnirdagi ishtirokini davom ettirdi.
Denis asosiy to'rning birinchi davrasida yana o'sha britaniyalik Alyaj Bedenega qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan uchrashuvda Istomin raqibini 6:3, 7:6(7:3) hisobida mag'lub etdi.
Istominning nimchorak finaldagi raqibi ertaga aniqlanadi. Dunyoning 12-raketkasi bolgariyalik Grigor Dimitrov hamda germaniyalik Misha Zverev o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng Denisning raqibi malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar