09 mar 09:44
Yangiliklar
Tennis

Istominning Indian-Uellsdagi uchrashuvi ertaga tong saharda bo'lib o'tadi
SHu kunlarda AQSHning Indian-Uells shahrida tennis bo'yicha nufuzli “Masters” turniri o'tkazilmoqda.
Mukofot jamg'armasi 7.972.535 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ham ishtirok etadi.
Hamyurtimiz turnirdagi ishtirokini ertaga bizning vaqt bilan tong saharda germaniyalik Pyotr Goevchikka qarshi bahs bilan boshlaydi. Ushbu uchrashuv g'olibi ikkinchi davrada britaniyalik Kayl Edmundga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, Denis Istomin ayni paytda dunyo reytingida 87, Goevchik esa 50-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar