22 sen 11:23
Yangiliklar
Tennis
Istominning kecha nechta eys zarbasini amalga oshirganini bilasizmi?
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin kecha Franciyaning Metc shahridagi turnirning chorak finalga yo'l olgan edi.
Xard qoplamali kortlarda o'tayotgan turnirning sovrin jamg'armasi 410 090 dollarni tashkil qiladi. Kecha Istomin ikkinchi davra uchrashuvida germaniyalik Yannik Madenni 6:3, 6:7(6:8), 7:6(7:0) hisobida mag'lub etgandi.
Denis 2 soatu 29 daqiqa davom etgan ushbu bahsda oz emas, ko'p emas 18 ta eys zarbani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Bugun 31 yoshli Istomin 1/4 finalda gruziyalik Nikoloz Basilashviliga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, gruzin tennischisi kecha turnirning 4-raketkasi lyuksemburglik Jil Myullerdan 6:4, 6:4 hisobida ustun kelgan edi. Istomin dunyo reytingida 82, Basilashvili esa 64-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar