29 may 11:37
Yangiliklar
Tennis

Istominning kechagi raqibi: "Bir hafta avval onam vafot etgandi"
Xabar berganimizdek, kecha tennischimiz Denis Istomin "Rolan Garros" turnirining ilk davrasida ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga 5 set davom etgan uchrashuvda mag'lub bo'lgandi.
Dunyoning 14-raketkasi murakkab kechgan bahsdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashar ekan, qayg'uli bir xabarni aytdi.
"Juda qiyin vaziyatga tushib qolgandim. Bir hafta avval onam bu hayot bilan vidolashgan edi. Xatto Parijga kelmoqchi ham bo'lmagandim. Lekin tushkun holatdan chiqib ketish uchun ham "Rolan Garros"da qatnashishga qaror qildim", - dedi Agut.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar