05 may 08:40
Yangiliklar
Tennis

Istominning Madrid turniri saralashidagi raqibi malum
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bugundan Ispaniya poytaxti Madrid shahrida boshlanadigan “Mutua Madrid Open” musobaqasining saralash bahslarida ishtirok etadi.
Ushbu “Masters” turkumiga kiruvchi turnirning mukofot jamg'armasi 6,200,860 evroni tashkil qiladi. Uning asosiy to'r bahslarida dunyoning birinchi raketkasi Rafael Nadal, shuningdek etakchi tennischilar Grigor Dimitrov, Xuan Martin Del Potro, Novak Jokovichlar ham o'z mahoratini namoyish etadi.
Kecha oqshom turnirning saralash bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, Denis Istomin saralashning ilk davrasida ispaniyalik Xaume Munyarga qarshi kortga chiqadi. Denis dunyo reytingida 89, Munyar esa 161-o'rinni egallab turibdi. Istomin - Munyar uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar