30 iyu 14:54
Yangiliklar
Tennis

Istominning "Uimbldon"dagi ilk raqibi malum bo'ldi
Bugun "Ulkan toj" turkumidagi "Uimbldon" turniriga qura tashlandi.
Qura yakunlariga ko'ra O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ilk davrada amerikalik Donald Yangga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
AQSH vakili ayni paytda dunyo reytingida 47-o'rinni egallab turibdi. Denis Istomin esa 71-pog'onadan joy olgan.
Malumot uchun, tennischilar bungacha 3 marotaba to'qnash kelganlar. Ushbu o'yinlarning ikkitasida Istomin g'alaba qozongan bo'lsa, bittasida Yangning qo'li baland kelgan.
"Uimbldon"da asosiy to'r bahslari 3 iyul kuni start oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar